Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 2027 yildan plastik ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi
Bu haqdagi qonun polimer materiallarning Qirg‘iziston aholisi salomatligi va atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.
Qirg‘izistonda 2027 yil 1 yanvardan polimer plyonkali paketlar va plastmassa buyumlarni ishlab chiqarish, sotish va bepul tarqatish taqiqlanadi. Prezident Sadir Japarov tegishli qonunni imzoladi.
Qabul qilingan hujjat polimer materiallarning Qirg‘iziston aholisi salomatligi va atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. Shuningdek, polietilen paketlar va plastik buyumlarni olib kirish ham taqiqlanmoqda.
Shu bilan birga, Qirg‘izistonning alohida muhofaza etiladigan tabiiy va biosfera hududlarida 2024 yil 1 yanvardan boshlab polimer plyonkadan tayyorlangan plastik buyumlar va paketlar ishlab chiqarishga ham taqiq joriy etildi. Eksport uchun ishlab chiqarilgan paketlar, biologik parchalanadigan polimer materiallardan tayyorlangan, tutqichlari bo‘lmagan va maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan paketlar bundan mustasno.
Savdosi taqiqlangan plastik mahsulotlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritilgan: bir martalik plastik idishlarning barcha turlari, bir martalik plastik oziq-ovqat qadoqlari, plastik shisha, plastik kapsulalar va oziq-ovqat uchun plastik sumkalar.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026