Jahon | 08:22 / 11.08.2023
11530
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya «Luna-25» Oy stansiyasi bo‘lgan raketani «Vostochnyy» kosmodromidan uchirdi

Deyarli 50 yillik tanaffusdan so‘ng Rossiyada Oy missiyasi qayta tiklandi. Stansiyaning Oyga qo‘nishi 21 avgust kuni kutilmoqda. 

Foto: RIA Novosti

«Vostochnyy» kosmodromidan 11 avgust, juma kuni ertalab Rossiyaning deyarli 50 yil ichida birinchi «Luna-25» Oy stansiyasi bilan «Soyuz-2.1b» raketa tashuvchisi uchirildi. Raketa uni suborbital trayektoriyaga olib chiqdi. Shundan so‘ng, raketa tashuvchining uchinchi pog‘onasidan Oy apparati bo‘lgan yuqori blok ajralib chiqdi. Stansiyaning Oyga qo‘nishi 21 avgust kuni kutilmoqda, dedi «Roskosmos» rahbari Yuriy Borisov. 

Oy qutbiga Rossiyaning birinchi ekspeditsiyasi 

Stansiya orbitada uch kundan yetti kungacha bo‘lib, yumshoq qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rishi kutilmoqda. Qo‘nish joyi Oyning janubiy qutb mintaqasidagi hududda, u yerda suv muzining belgilari topilgan. «Luna-25» qo‘ngandan so‘ng ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Uning muddati bir yil. Missiya 2015 yilda bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq bir necha bor qoldirildi. 

Avvalgi «Luna-24» missiyasi 1976 yilda yuborilgan va yerga 170 gramm oy tuprog‘ini olib kelgan. Bu Oy qutbiga birinchi ekspeditsiya, barcha sovet Oy stansiyalari ekvatorial zonaga qo‘nishni amalga oshirgan. 

«Luna-25» oldida yumshoq qo‘nish texnologiyasini ishlab chiqish va ustuvor ilmiy tadqiqotlar olib borish vazifasi turibdi. Keyinchalik murakkab ilmiy vazifalarni bajaradigan «Luna-26», «Luna-27» va «Luna-28» stansiyalarini uchirish rejalashtirilgan. Ikkinchisi, xususan, Yerga Oy qutb moddasi namunalarini yetkazishi kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid