Xitoy kosmik agentligi (CNCA) Çan’e-6 missiyasi tomonidan Oyda olingan lavhalarni e’lon qildi. Qöniş platformasining bort kameralari Apollon krateri atrofidagi hududning tasvirlarini, şuningdek, tuproqdan namuna oliş tartibini suratga oldi. Uskunalar bilan qöniş platformasi yon tomondan ham suratga olingan. Bu suratlar platformadan Oy yuzasiga tuşgan mini-rover tomonidan olingan.
CNCA ma’lumotlariga köra, tuproqdan namuna oliş jarayoni odatdagidek davom etdi. Materialning bir qismi sirtdan olindi va burği yordamida ikki metrgaça çuqurlikdan ham namunalar olindi. Hammasi bölib 2 kilogrammga yaqin namuna töplanişi kerak - aniq vazn kapsula Yerga kelganidan keyin ma’lum böladi.
Namunalar konteynerlarga yuklangan, ular allaqaçon uçiş moduli yordamida Oy orbitasiga yuborilgan. Yuborilgan payt ham platforma kameralari tomonidan suratga olingan. Keyinçalik, modul xizmat körsatiş platformasiga ulanadi va u bilan Yerga sayohat qiladi. Qurilmalar Oy orbitasida biroz vaqt aylanadi. Yerga qaytiş 25 iyunga rejalaştirilgan.
Çan’e-6 missiyasi profili böyiça Çan’e-5 missiyasiga öxşaydi, uning doirasida tuproq namunalari Yerga muvaffaqiyatli yetkazilgan edi. Yangi loyihaning öziga xos jihati uning Oyning orqa tomonidan namuna olişidir – bungaça heç kim buni amalga oşirmagan. Uşbu jarayonni amalga oşiriş uçun Xitoy Çan’e-6 bilan aloqani ta’minlaş maqsadida retranslyator-sputnikni yuborgan.
Apollon krateridan olingan tuproq olimlar uçun alohida qiziqiş uyğotadi, çunki bu joyda meteorit zarbasidan keyin Oy mantiyasidan materiallar yuzaga çiqqani taxmin qilinadi. Agar şunday bölsa, namunalar Yer tabiiy yöldoşining kelib çiqişi va evolyutsiyasi haqida tuşunça berişi mumkin. Bundan taşqari, Xitoy Çan’e-6 missiyasidan kosmik obektlar yuzasida, ulardan uçiş va orbitaga çiqişda murakkab jarayonlarni sinab köriş uçun foydalanadi.








