Zaporijjyaga raketa zarbasi va Kiyevda IT-forum. Urush suratlari
Ukrainada urushning 533-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Bryansk oblasti ukrain harbiylari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lib, ikki kishi yaralandi, deb xabar bergan region gubernatori.
- Polsha Belarus bilan chegaraga o‘n ming harbiy joylashtiradi.
- Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan.
- Sud Ukraina madaniyat vazirligining Ukraina provoslav cherkovining Kiyev-Pechersk lavri «mulkidan foydalanishdagi to‘siqlarni bartaraf etish» bo‘yicha da’vosini qanoatlantirdi. Endi monaxlar hududdan chiqarib yuborilishi mumkin.
- RF bosh prokuraturasi Conflict Intelligence Team’ni «xush ko‘rilmaydigan» tashkilot deb e’lon qildi.
- «Yandeks» asoschilaridan biri Arkadiy Voloj 2022 yil fevralidan buyon ilk bor urush bo‘yicha bayonot berib, Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoraladi.
- RF mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Sevastopolga 11 dron tomonidan uyushtirilgan hujum bartaraf etilganini ma’lum qildi.
- Moskva shahri meri Sergey Sobyanin xabar berishicha, shaharga kirib kelishda ikki dron urib tushirilgan. Vnukovo va Domodedovo aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishda cheklovlar joriy etilgan.
Kun kadri. Donetsk oblastidagi oldingi chiziq
Zaporijjya bo‘ylab zarbalar
Zaporijjya oblasti rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporijjya shahri bo‘ylab raketa zarbasi yo‘llanishi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan, ular orasida to‘rt bola bor. Bu haqda 10 avgust kuni kechqurun Zaporijjya oblasti harbiy ma’muryati rahbari Yuriy Malashko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini fuqarolik infratuzilma obektiga hujum qilgan. Ammo gap aynan qaysi obekt haqida ketayotgani xabar qilinmagan. BBC rus xizmati aniqlashicha, zarba nishoni ko‘pincha BMT xodimlari kelib joylashadigan Reikartz mehmonxonasi bo‘lgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot xizmatiga ko‘ra, otishmalardan keyin yong‘in boshlangan. Zelenskiy hujumda RF qo‘shinlarini ayblagan. Rossiyadagi urush tarafdori bo‘lgan telegram-kanallar harbiylar xorijlik yollanma jangchilar va Ukraina QK harbiylari joylashgan nuqtaga zarba berganini aytishmoqda.
Kiyevda IT-forum
Keng ko‘lamli bosqin tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Kiyevda yana iForum o‘tkazildi — bu Ukrainadagi eng yirik ikki texnologiya marosimidan biri hisoblanadi. Konferensiyaning E-commerce-yo‘nalishi rahbari Oleksandr Kolbaning so‘zlariga ko‘ra, iForum 2023 yilda qaytgani — «IT Ukraina kelajagini rejalashtirayotganidan messej beradi». Bu yil forumda paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlardan biri — sun’iy intellekt, harbiy texnologiyalar, kelajak Ukrainasi.
Mavzuga oid
15:05
Duma Ukrainada jang qilayotganlarning qarzidan kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
13:31
Zelenskiy Radaga Ukrainaning «matona rejasi»ni taqdim etdi
12:57
AQSh prezidenti Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berilishini ma’qulladi
08:31