«Yandeks» asosçisi Arkadiy Voloj birinçi marta Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiyasi» haqida gapirdi. Uning bayonotini Forbes naşriga tadbirkorning matbuot xizmati taqdim etgan.
«Ötgan yil davomida menga juda köp savollar berildi va ayniqsa, ularning köpi şu haftada paydo böldi. Men öz pozitsiyamga oydinlik kiritmoqçiman», — dedi tadbirkor. Şu hafta boşida OAV Voloj öz veb-saytida Rossiyani tarjimai holidan olib taşlaganini payqagandi. Endilikda u yerda aytilişiça, Voloj — «Qozoğistonda tuğilgan isroillik texnologik tadbirkor».
Voloj «döstlari va qarindoşlari yaşayotgan» Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ga «qat’iy qarşi» ekanligini aytdi. «Ukrainaliklarning uylariga har kuni bombalar uçib kelayotgani meni dahşatga solmoqda. 2014 yildan beri men Rossiyada yaşamagan bölsam ham, mamlakat harakatlari uçun mening ham mas’uliyatim borligini tuşunaman», dedi tadbirkor. Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilmayotganini bir neça bor ta’kidlagandi.
«Yandeks» yaratuvçilari, Volojning sözlariga köra, «yangi Rossiya - oçiq, ilğor, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalaşgan davlat» qurilyapti deb işongan. Biroq, vaqt ötişi bilan Rossiya «global dunyoning bir qismi bölişga şoşilmayotgani» ma’lum böldi va «Yandeks»ga rasmiylar tomonidan bosim kuçaygan.
2014 yilda Voloj Isroilga köçib ötdi va u yerda kompaniyaning xalqaro loyihalarini işlab çiqişda iştirok etdi, biroq 2022 yil fevralida «dunyo özgardi va men «Yandeks» bilan bölgan hikoyam tugaganini angladim», deya öz fikri bilan örtoqlaşgan tadbirkor. Şundan söng u «mamlakatni tark etib, yangi hayot boşlaşga qaror qilgan iqtidorli rossiyalik muhandislarni qöllab-quvvatlaşga e’tibor qaratdi», deyiladi bayonotda.
Voloj Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari haqida gapirmaganiga «köp sabablar» borligini ta’kidlab ötdi, ammo ular qanday ekanini oçiqlamadi. «Siz mening bayonotimning dolzarbligi haqida bahslaşişingiz mumkin, lekin uning mohiyati haqida emas», - deya xulosa qildi tadbirkor.
Arkadiy Voloj 2000 yilda Ilya Segaloviç bilan birgalikda «Yandeks» kompaniyasiga asos solgan. Segaloviç 2013 yilda vafot etgan. 2022 yilda Voloj Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostida qoldi, şundan söng «Yandeks»dagi barça postlarini tark etdi. 2022 yil mart oyida Voloj dollardagi milliarder maqomini yöqotdi.
2022 yil noyabr oyida «Yandeks» biznesni boşqariş tuzilmasini özgartiriş va aktivlarni böliş haqidagi taxminiy niyatini e’lon qildi. Rossiya biznesi alohida kompaniyalar guruhiga bölinadi, ulardan Niderlandiyaning Yandex N.V. ajralib çiqib, öz nomini özgartiradi. Ötgan yilning oxirida Voloj «Yandeks» xodimlari bilan xayrlaşib, «Yandeks holdingidan taşqarida rivojlanişi mumkin bölgan törtta xalqaro startapga maslahat berişdan manfaatdor ekanligini» ta’kidladi.














