Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi
2030 yilda Toshkent shahridagi kanallar bo‘yida tashkil etilgan sayilgohlar uzunligi 150 kmga yetadi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.
Kanallar bo‘ylarida sayilgohlarni tashkil etish ishlari 2018 yilda boshlangan bo‘lib, hozirda poytaxtdan oqib o‘tuvchi turli kanallar atrofida 42 km uzunlikda ko‘ngilli sayr qilish maskanlari barpo qilindi.
Bu jarayonda kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, chiqindilardan tozalash ishlari bajarilib, o‘rindiqlar, chiqindi qutilari va zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil qilindi.
Bu ishlar davom ettirilib, kanallar bo‘yidagi sayilgohlar uzunligi 2024 yilda 50 km, 2025 yilda 60 km, 2026 yilda 75 km, 2027 yilda 90 km, 2028 yilda 110 km, 2029 yilda 130 km va 2030 yilda 150 kmga yetkaziladi.
Sayilgohlarda aholi ko‘ngilli madaniy hordiq chiqarishi uchun bolalar o‘yingohlari, savdo va boshqa xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026