Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
U xizmati uchun 15 ming dollar so‘ragan, shundan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olingan.
Qashqadaryo viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan X.J. fuqaro Sh. O.ni 15 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga ishlash uchun yuborishini aytgan. Oldindan 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026
Qashqadaryoda FVV xodimi daryoga tushib ketgan bolani qutqarib qoldi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
15:53 / 18.04.2026