Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols: «Shimoliy oqim»dagi diversiya ishini Germaniya sudi ko‘rishi kerak
«Shimoliy oqim»ni portlatish bo‘yicha ish Germaniya sudiga topshirilishi kerak, deydi Germaniya kansleri Olaf Shols. Uning ta’kidlashicha, qo‘poruvchilik uchun javobgar shaxslarga «yengillik» berilmaydi.
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols «Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlarida sodir etilgan qo‘poruvchilik ishi bo‘yicha sudning Germaniyada o‘tkazilishi tarafdori ekanini aytdi. «U kim bo‘lganini imkon qadar aniqlaymiz», dedi u 14 avgust, dushanba kuni Potsdamdagi o‘z saylov okrugida qilgan chiqishida.
«Agar bizga (tergov natijasi) yoqmasa, da’vodan voz kechmaymiz. Bu yerda hech kim yengillikka umid qila olmaydi», deb ta’kidladi Shols. Hujumlar ortida AQSh yoki Buyuk Britaniya turgani haqida hech qanday dalil yo‘q, deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri. U Germaniya Bosh prokuraturasi tomonidan tergov davom etayotganini ta’kidladi.
Nemis OAV quvurlarga diversiyani Ukraina bilan bog‘ladi
Avvalroq nemis OAV tergov «Andromeda» yengil yaxtasi portlashlarga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan versiyani o‘rganayotgani haqida yozgan edi. Gap 6 sentabr kuni Germaniyaning Rostok shahridagi portni tark etgan kichik fuqarolik kemasi haqida ketmoqda. Tergov xulosalariga ko‘ra, yaxta ham portlashlar sodir bo‘lgan hududda bo‘lgan. U dengizda taxminan ikki hafta yurgan va portlashlardan bir hafta oldin Polshada to‘xtab o‘tgan.
Shu bilan birga, Germaniyadagi tergov, jurnalistlarning fikriga ko‘ra, ekipaj yaxtani yolg‘on hujjatlar bilan ijaraga olganiga amin. «Andromeda» bilan aloqador kamida ikki kishi Ukraina fuqarolari hisoblanadi, deb yozadi jurnalistlar rasmiy tergov ma’lumotlariga tayanib.
Mavzuga oid
14:47 / 22.11.2025
Olaf Shols «Shimoliy oqim–2» bo‘yicha ko‘rsatma berdi
09:17 / 12.11.2025
Nord Stream ishi: Italiyadagi ukrainalik qamoqda ochlik aksiyasini to‘xtatdi
21:00 / 10.11.2025
Germaniya tergovchilari Ukraina «Shimoliy oqim»dagi portlashga aloqadorligiga dalillar to‘pladi
10:18 / 08.10.2025