Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 112-o‘rinni egalladi
Internetga keng polosali ulanish (uy interneti) bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshiroq - 87-o‘rin.
Eng tez internetga ega mamlakatlar va shaharlarni aniqlovchi Speedtest Global Index reytingi e’lon qilindi. Yangi tadqiqotda mutaxassislar 2023 yil iyul oyida 179 ta mamlakatning 200 ta shahrida mobil va keng polosali internetning o‘rtacha tezligini tahlil qilishdi.
Speedtest Global Index tahlilining asosiy mezonlari mobil va keng polosali internet tarmoqlari uchun yuklab olish va yuklash tezligi hisoblanadi.
Speedtest ma’lumotlariga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingida O‘zbekiston 5 pog‘onaga pastladi va 112-o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatda o‘rtacha yuklash tezligi - 20,33 Mbit/s.
Qo‘shni mamlakatlar bilan taqqoslansa: Qozog‘iston 64-o‘rinda (33,91 Mbit/s), Qirg‘iziston 84-o‘rinda (26,92 Mbit/s), Tojikiston 137-o‘rinda (9,73 Mbit/s), Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng tez mobil internet Birlashgan Arab Amirliklarida (205,77 Mbit/s) hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda Qatar (186,35 Mbit/s). Kuvayt kuchli uchlikni yakunlaydi (160,87 Mbit/s).
Internetga keng polosali ulanish (simli internet) bilan bog‘liq vaziyat biroz yaxshiroq — O‘zbekiston jahon reytingida 87-o‘rinni egalladi. Mamlakatda o‘rtacha yuklash tezligi - 51,61 Mbit/s.
Qo‘shni mamlakatlar bilan taqqoslansa: Qirg‘iziston 86-o‘rinda (51,95 Mbit/s), Qozog‘iston 95-o‘rinda (46,33 Mbit/s), Tojikiston 130-o‘rinda (22,01 Mbit/s), Turkmaniston 180-o‘rinda (4,06 Mbit/s).
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng tez keng polosali internet Singapur (247,44 Mbit/s), Hongkong (242,99 Mbit/s) va Chilida (240,34 Mbit/s) qayd etilgan.
Speedtest Global Index reytingi har oyda yangilanadi.
Mavzuga oid
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
10:21 / 14.03.2026
Moskvada saytlarning “oq ro‘yxatlari” ishga tushdi
15:22 / 24.12.2025
Qrim: mobil internet urush tugaguncha bloklanadi
21:12 / 08.11.2023