O‘zbekiston | 07:18 / 17.08.2023
7915
2 daqiqa o‘qiladi

YPX postlari orqali harakatlanish soddalashtirilmoqda

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga yo‘l harakati qatnashchilariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Endilikda sug‘urta polisining muddati o‘tgan, belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalariga “yashil” yo‘lakdan harakatlanishga ruxsat beriladi. Muqaddam bunday transport vositalari “qizil” yo‘lakdan harakatlangan.

Muqaddam YPX statsionar postlarida transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi bosqichma-bosqich joriy etila boshlangan edi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2023 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid