O‘zbekiston | 22:30 / 18.08.2023
11552
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda harbiy aviashou o‘tkaziladi 

Tadbir «Havo floti» kuniga bag‘ishlanadi. 

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

19 avgust kuni Chirchiqda «Havo floti» kuni munosabati bilan Harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, tadbir soat 8:30 da Toshkent viloyatida joylashgan «Chirchiq» poligonida boshlanadi. Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari mutaxassislari kuni munosabati bilan harbiy uchuvchilar tomonidan ko‘rgazmali aviachiqishlar tashkil etiladi. 

 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid