Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada odam savdosi qurboniga aylangan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari tomonidan Malayziyaga ishga borib, odam savdosi qurboniga aylangan 24 yoshli N.E.ga vatanga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Fuqaro malayziyalik ish beruvchi tomonidan uning pasporti olib qo‘yilgani, ish maoshi to‘lanmagani hamda unga nisbatan jismoniy bosim o‘tkazilayotgani to‘g‘risida diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.
Uning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida elchixona sa’y-harakatlari natijasida N.E.ning xorijga chiqish pasporti ish beruvchidan qaytarib olindi.
Malayziya huquq-tartibot organlari fuqaro N.E.ning shikoyat arizasi asosida ish beruvchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mahalliy sud tomonidan fuqaroning ko‘rsatmalari olinib, unga O‘zbekistonga qaytishiga ruxsat berildi.
Mamlakat diplomatik vakolatxonasi vakillari va Malayziya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya departamenti vakillari ko‘magida N.E. Kuala-Lumpurdan Toshkentga qaytarildi.
O‘zbekiston elchixonasi fuqarolarni Malayziyaga safar qilishdan oldin yolg‘on va’dalarga aldanib qolmaslikka, oson ish topishga oid takliflarga ishonmaslikka hamda ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
11:42 / 02.06.2026