Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyada 200 ga yaqin dori sotuvi to‘xtatilishi mumkin
«Xolod» nashriga ko‘ra, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalarini RFda ko‘plab dori-darmonlar, jumladan, antibiotiklar ishlab chiqarish va import qilish to‘xtatilgani haqida xabardor etgan.
Rossiyaliklar 200 ga yaqin dori vositalaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘z bo‘ysunuvidagi tibbiyot muassasalariga yo‘llagan maktubida Rossiyada ishlab chiqarilishi va import qilinishi to‘xtatiladigan 196 ta xorijiy dori vositalari sanab o‘tilgan, deb yozadi 18 avgust, juma kuni «Xolod».
Unga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga ba’zi antibiotiklar, OIV infeksiyasi, saraton, epilepsiya, Parkinson kasalligi va ruhiy kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan dorilar kiritilgan. Ro‘yxatga, shuningdek, anestetik va antipiretik vositalar, yo‘tal, qizamiq, difteriya, ko‘kyo‘tal, qizilcha va boshqa infeksiyalarga qarshi import qilinayotgan dorilar hamda vaksinalar kiradi.
Zamonaviy antibiotiklarning yo‘q bo‘lib ketishi - ayniqsa tashvishli
Nashr ta’kidlashicha, eng katta tashvish Rossiyada ba’zi antibiotiklarning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Sog‘liqni saqlash vazirligining ro‘yxatiga 14 ta antibiotiklar, antibakterial va antiviral preparatlar kiradi.
Ro‘yxatda keltirilgan bir qator dori vositalari eskirgan yoki rus analoglariga ega. Ayni paytda, rossiyalik jyeneriklar import qilingan asl dori vositalaridan sifat jihatidan past va ko‘proq nojo‘ya ta’sirlarga ega, deya ta’kidlaydi nashr shifokorlarga tayanib.
«Xolod» 27 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan xatni ikki manbadan olganini va uni idora elektron hujjat aylanish tizimida ro‘yxatdan o‘tganini tekshirganini ta’kidlaydi.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026