Jahon | 13:55 / 20.08.2023
20900
4 daqiqa o‘qiladi

Chernihiv o‘qqa tutilishi oqibatlari va frontdagi askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 542-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Rossiya qo‘shini Chernihiv markaziga zarba yo‘lladi. Raketa dronlar ko‘rgazmasi o‘tkazilayotgan drama teatri binosiga kelib tushdi. Yetti kishi halok bo‘lib, 148 kishi yaralangan.
  • 19 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Ukrainaga 17 ta kamikadze dronlar bilan ham hujum qilgan. Ukraina QK havo kuchlariga ko‘ra, 15 ta dron urib tushirilgan.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigida 2022 yil oktyabrida ro‘y bergan birinchi portlash tafsilotlarini oshkor qildi. Xususan, UXX yashirilgan portlovchi moddalar skanerda ko‘rinmasligi uchun sellofan plyonka qalinligini hisoblab chiqqan.
  • Vladimir Putin Ukrainaga hujumda qatnashayotgan Rossiya qo‘shinlari guruhining Rostov-na-Dondagi shtabida yig‘ilish o‘tkazdi. Iyun oyida shahardagi harbiy obektlar, jumladan Janubiy harbiy okrug shtabi isyon vaqtida «Vagner» XHK jangchilari tomonidan egallab olingandi.

Kunning asosiy voqeasi. Rossiyaning Chernihiv bo‘ylab zarbasi

Rossiya qo‘shini 19 avgust kuni Chernihiv shahri markazidagi drama teatriga zarba yo‘lladi — bu yerda «Lyutі ptashki» («Yirtqich qushlar») ko‘rgazmasi doirasida dron ishlab chiqaruvchilar va aerorazvedka bo‘yicha o‘quv maktablarining yig‘ilishi o‘tkazilayotgandi. Rossiyalik harbiylar tadbir haqida tashkilotchilar ijtimoiy tarmoqlarda bergan anons orqali xabar topgan bo‘lishi mumkin.

Ukraina IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan yetti kishi halok bo‘lgan, jumladan olti yoshli bola ham. 148 kishi jarohat olgan, ular orasida 15 nafar bola va shuncha politsiyachi bor.

«Rossiya og‘riq va yo‘qotish kuniga aylantirgan odatiy shanba kuni. Qurbonlar bor, yaralanganlar bor. Yaqinlarini yo‘qotganlarga hamdardligimni bildiraman… barcha xizmatlar voqea joyida ishlamoqda: qutqaruvchilar, politsiyachilar, tibbiyot xodimlari. Kerak bo‘lganlarning barchasi», — deya yozgan prezident Volodimir Zelenskiy o‘z telegram-kanalida.

Chernihivdagi drama teatrining ko‘rinishi
National Police of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
Chernihivlik kishi rossiyaliklar zarbasi vaqtida halok bo‘lganlardan birining jasadi ustini yopmoqda
National Police of Ukraine / AP / Scanpix / LETA
Drama teatri oldidagi ko‘chaning old oynasi sinib ketgan avtomobil ichidan ko‘rinishi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vladyslav Savenok / Reuters / Scanpix / LETA
Drama teatri oldidan o‘tgan yo‘lning narigi tomonidagi uyda yashovchilar rossiyaliklar zarbasi oqibatlarini kuzatmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Drama teatri oldidan o‘tgan yo‘l ortida joylashgan «Vertel» kafesi xodimi
Paula Bronstein / Getty Images
Raketa zarbasi vaqtida yaralangan chernihivlik kishi drama teatri oldida
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Paula Bronstein / Getty Images

Frontning turli hududlaridan suratlar

Mavzuga oid