Rossiyalik harbiylar Çernihiv şahri markazidagi drama teatriga zarba yölladi. Mahalliy rasmiylarga köra, zarba ballistik raketa bilan yöllangan. Drama teatr binosidan taşqari Çernihiv ma’muriyati binosi, dökonlar, kafe şikastlangan, qöşni binolardan birida yonğin çiqqan.
Hujum oqibatida yetti kişi halok bölgan, jumladan olti yoşli bola ham. Ukraina IIV rahbari Igor Klimenko xarobalarni tozalaş işlari yakunlagaç bergan ma’lumotga köra, jarohat olganlar soni 129 kişini taşkil etmoqda, şundan 15 nafari bolalar va 15 nafari politsiya xodimlari. Avvalroq Klimenko 25 kişi şifoxonaga yotqizilgani, ulardan biri 12 yoşli qizça ekani haqida yozgandi. Uni oğir holatda reanimatsiya avtomobilida Kiyevga yuborişgan. Oblast ma’muriyati rahbari Vyaçeslav Çausga köra, jabrlanganlar soni köproq — 140 kişi, 41 nafar jabrlanuvçini şifoxonaga yotqiziş zarurati bölgan.
Drama teatr binosida «Lyutі ptaşki» («Yovuz quşçalar») nomi ostida dronlar körgazmasi taşkil etilgandi, deb yozadi «Ukrainskaya pravda». Mahalliy aholi vakillari röy bergan hodisada marosim taşkilotçilarini ayblaşgan, çunki körgazma anonsi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingandi, bu tufayli esa rossiyalik harbiylar ham marosim haqida bilişi mumkin edi.
Körgazma taşkilotçisi esa, marosimni ötkaziş joyi sir tutilganini aytmoqda. Mariya Berlinskayaning sözlariga köra, joy haqidagi ma’lumot körgazma boşlanişidan bir neça soat oldin «röyxatdan ötgan tekşirilgan iştirokçilar»ga yuborilgan. Şuningdek, u havo trevogasi e’lon qilinganida marosim töxtatilgani, iştirokçilar esa bir neça bor boşpanaga ketişga çaqirilgani haqida ta’kidlagan.
Şahar rasmiylari körgazma ma’muriyat bilan kelişilmagani va ruxsat olmasdan ötkazilganini ma’lum qilgan. Taşkilotçilar esa şahar kengaşi nafaqat bu marosim ötkazilişiga rozilik bildirgani, balki uni ötkaziş uçun maydon ham taqdim etganini aytmoqda.
Çernihivning amaldagi meri rossiyaliklarning şaharga yöllagan zarbasini «terrorçilik hujumi» va «harbiy jinoyat» deb atagan. Oleksandr Lomako BBC bilan suhbatda rossiyalik harbiylar tinç aholi orasida qurbonlar bölişini anglagan holda şahar böylab zarba berişganini ta’kidlagan: «Bu şahar markazi, tuş mahali, u yerda odamlar köp edi. Qolaversa, diniy bayram (Yabloçnyy Spas), odamlar ibodat uçun kelişgandi. Ularning nişoni drama teatrida ötkazilayotgan harbiy tadbir bölganini tuşunaman, ammo bu raketalarni uçirgan va ularga kun örtasida zarba berişga buyruq berganlar tinç aholi orasida qurbonlar köp bölişini bilgani aniq».














