Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga boradi
O‘zbekiston prezidenti 22−23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarboyjonda bo‘ladi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston prezidentining Ozarboyjonga davlat tashrifiga doir rasmiy ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026