O‘zbekiston | 09:51 / 22.08.2023
6461
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti o‘tkaziladigan vaqt va joy belgilandi

Qozog‘istonning Turkiston shahri noyabr oyida sammitga mezbonlik qiladi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti 2023 yil 3 noyabrda Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkaziladi.

Bundan oldin, 2 noyabrda TDT a’zo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda TDT sammiti Samarqandda bo‘lib o‘tgan edi.

Turkiy davlatlar tashkilotiga Ozarboyjon, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston va Qirg‘iziston a’zo. Vengriya, Turkmaniston va mustaqilligi tan olinmagan Shimoliy Kipr kuzatuvchi maqomiga ega.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid