“Magistratura natijalari 30 avgustgacha e’lon qilinadi” – vazirlik vakili
Kontrakt-to‘lov miqdori o‘quv yili boshlaguncha, magistratura natijalari esa 30 avgustgacha e’lon qilinadi. Ta’kidlanishicha, magistraturaga qabul bo‘yicha barcha tanlovlar tahlil qilib bo‘lingan.

Foto: AOKA
2023/2024 o‘quv yili uchun imtihon yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida kontrakt-to‘lovlari miqdori va magistratura javoblari qachon e’lon qilinishi haqida ma’lumot berildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qabul jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Abdusamat Mamanazarovning ma’lumot berishicha, kontrakt-to‘lovlarining miqdori Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga shakllantirilgan. Rasmiy tasdiqlangach, o‘quv yili boshlanguncha e’lon qilinadi.
“Oshirilgan va super to‘lov-kontrakt ham davlat komissiyasi tomonidan belgilab beriladi. Sirtqi, kunduzgi yoki kechki ta’lim shakllari uchun super konraktga qabulda cheklovlar bo‘lmaydi, birdek amal qiladi. Faqat OTMning moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganiga e’tibor qaratiladi”, – dedi vazirlik vakili.
Shuningdek, Kun.uz muxbiri vazirlik vakilida magistraturaga qabul natijalari qachon e’lon qilinadi degan savol bilan murojaat qildi.
Mamanazarovga ko‘ra, magistraturga qabul natijalari ham 30 avgustga qadar tasdiqlanadi. Hozir barcha tanlovlar tahlil qilib bo‘lingan. Xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikatlar ularning asosiy bazalarida so‘rovnoma yuborish orqali aniqlangan.
“Faqat natijalarni oliy ta’lim muassasalari kesimida tasdiqlab e’lon qilinishi kutilmoqda. Bu o‘quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi”, – dedi bo‘lim boshlig‘i.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi
Jahon | 00:46
-
O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishi taqiqlangani haqidagi xabarlar asossiz - TIV vakili
Jahon | 00:31
-
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
Jahon | 00:19
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
Mavzuga oid

15:02 / 28.01.2025
Akademik halollik, yangi adabiyotlar, oliygohlar transformatsiyasi: milliy ta’limda nimalar o‘zgaryapti?

23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

19:01 / 27.07.2024