O‘zbekistonda Kia K9 premium toifasidagi biznes-sedani sotuvi boshlandi
2023 yil 22 avgust kuni Toshkentda Kia’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan Roodell kompaniyasi, O‘zbekiston bozorida premium toifasidagi biznes-sedani Kia K9’ning sotuvlari boshlanganligini e’lon qildi.
- Kia K9 premium toifasidagi biznes-sedani O‘zbekistonda ikki komplektatsiyada taqdim etilmoqda: Prestige va Premium.
- Hashamatli Kia K9 V6 3,3 GDI (249 ot kuchi) dvigateli, avtomat uzatmalar qutisi va to‘liq privod bilan jihozlangan.
- K9’ning narxlari 869 900 000 so‘mdan boshlanadi.
Yangi K9 ikki, Prestige va Premium komplektatsiyalarida, mos ravishda 869 900 000 so‘m va 1 129 900 000 so‘m narxlarda sotuvga chiqariladi. Avtomobil V6 3.3 GDI (249 ot kuchi) dvigateli, avtomat uzatmalar qutisi va to‘liq privod bilan jihozlangan.
K9’ning ekstereri zamonaviy Kia modellari dizaynida yangi yo‘nalishni o‘zida mujassam etgan. Sedan nafisligi, an’anaviy hashamati va zamonaviy yuqori texnologiyalar uslubi bilan ajralib turadi. Avtomobilning old qismida, ingichka gorizontal faralar va radiatorning ulkan panjarasi o‘rtasidagi kontrast ko‘rkam ko‘rinishni ta’minlaydi. V-shaklidagi panjara naqshidagi yorug‘lik nurlari tushishi tufayli old jabha vizual ravishda kengroq va ishonchliroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Katta hajmli siluet va 18 dyuymli g‘ildirak disklarning yangi ko‘rinishi yordamida K9 modelining profiliga premium-xarakteri baxsh etiladi. Avtomobilning orqa qismidagi futuristik gorizontal chiroqlar chizig‘i, chiroqlarni nafis va murakkab vertikal naqshlar bilan bog‘laydi.
Avtomobil to‘liq LED optikasi bilan jihozlangan bo‘lib, haydovchining qulay navigatsiyasi uchun old oynaga proyeksion displey, diagonali 12,3" dyuym bo‘lgan Supervision elektron qurilmalar paneli, shuningdek 14,5" diagonalli ekranli va ikkinchi qatordagi yo‘lovchilar uchun displeylar o‘rnatilgan multimedia tizimi bilan jihozlangan. Komplektatsiyaga aylanasiga atroftni ko‘rish tizimi, sabvufer va tashqi kuchaytirgichli 16 ta dinamikli Lexicon audiotizimi, uch zonali iqlim nazorati kiritilgan. Haydovchi va yo‘lovchilarning qulayligi, rul ustuni va oldingi o‘rindiqlarning xotirasi funksiyasi, old va orqa o‘rindiqlar elektr sozlanishi va shamollatilishi bilan ta’minlanadi.
Maurice Lacroix analogli soati, K9 intererida nafis hashamat muhitini to‘ldiradi. 64 ta yorug‘lik tusini taqdim etuvchi salonning fonli yoritilishi, yoqimli atmosferani yaratadi va kerakli ritmga moslashishga yordam beradi. Ushbu qo‘shimcha ham dekorativ element, ham yoqimli aksentlar yaratish yoki qulay muhitni ta’minlash imkonini beruvchi funksional xususiyat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Interer sun’iy charm (Nappa terisi), zamsh va tabiiy yog‘och bilan bezatilgan bo‘lib, bu umumiy kompozitsiyaga tabiiy joziba va iliqlik bag‘ishlaydi.
Flagman sedani yuqori darajadagi faol va passiv xavfsizlikni ta’minlaydi, u to‘qqizta xavfsizlik yostig‘i, Drive Wise haydovchiga yordam tizimlari to‘plamiga ega bo‘lib, ular qatorida Stop&Go funksiyasiga ega intellektual kruiz nazorati (SCC), old tomondan to‘qnashuvning oldini olish (FCA), ko‘rinmas zonada to‘qnashuvning oldini olish (BCA) va xavfsiz chiqish (SEA), shuningdek, bosh yorug‘likni intellektual boshqarish tizimi (IFS) tizimlarini va ko‘plab boshqa funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Flagman modelining asosiy elementlaridan biri, bu yangi, prognozlash funksiyali podveskani elektron boshqaruv tizimidir. Tizim old kamera va navigatsiyadan yo‘l sirtining holati haqida ma’lumot oladi va shunga mos ravishda eng qulay haydash uchun podveska xususiyatlarini moslashtiradi. Bundan tashqari, prognozlash funksiyali podveskani elektron boshqaruv tizimi tekisroq harakatlanishni hamda shovqin va tebranishdan mukammal himoyani ta’minlaydi. U notekis yo‘llar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqulaylikni kamaytirishga va haydash qulayligini yaxshilashga yordam beradi, bu ayniqsa Kia K9 kabi vakillik klassi maqomidagi avtomobillar uchun juda muhimdir.
O‘zbekistonda Kia K9’ga 7 yillik yoki 150 000 km ga kafolat amal qiladi. 1333 tezkor telefon liniyasiga qo‘ng‘iroq qilib, Kia.uz sayti orqali yoki Kia rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilib qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz va oldindan buyurtma berishingiz mumkin.
Biznes sedan bilan tanishish imkoniyati Kia’ning rasmiy dilerlik markazlarida mavjud.
Kompaniya haqida:
Kia Corporation – mijozlar, lokal va global hamjamiyatlar uchun mobillik sohasidagi barqaror yechimlarini yaratish maqsadida mobillik mahsulotlari va xizmatlarini loyihalashtiradigan va ishlab chiqaradigan dunyoda yetakchi brenddir. Kompaniya 1944 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kia 190 dan ortiq mamlakatlarda 3 millionga yaqin avtomobil sotmoqda. Korporatsiya xodimlarining umumiy soni 52 000 dan ortiq kishini tashkil etadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonchalari oltita davlatda joylashgan. Kia butun dunyo bo‘ylab shaharga oid muammolarni hal qilishda yordam berish maqsadida elektromobil transport vositalariga o‘tish va mobillik xizmatlarini rivojlantirishda peshqadamdir.
"ROODELL" MChJ (www.roodell.uz) Kia avtomobillarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutoridir. O‘zbekistonda sotuvlar boshlanganidan beri Kia’ning umumiy sotuvlari hajmi 10 000 dan ortiq avtomobilni tashkil etadi. O‘zbekiston hududida Kia’ning 5 ta rasmiy dilerlik markazlari faoliyat yuritmoqda.
Ma’lumot uchun: 55-500-13-31, www.kia.uz
Mavzuga oid
17:00 / 12.12.2024
Kelajakka intilgan klassika: Kia K9 – nufuzli sedanlar segmentidagi flagman
19:00 / 22.11.2024
Oilaviy sayohatlar uchun Kia Sorento tanlanishining asosiy sabablari
17:00 / 18.10.2024
Kia'dan «Baxtli soatlar» aksiyasi: avtomobillar 20 foizgacha foyda bilan
17:00 / 30.09.2024