Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda madaniy meros obektlariga 3 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Bir necha arxeologik yodgorlik hududida g‘isht ishlab chiqarilgan, tuproq olinib, molxona va hojatxona qurilgan.
Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Unda, madaniy meros obektlariga 3 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Xususan, Sho‘rchi tumani hokimligi mansabdor shaxslari o‘z vazifalariga «loqaydlik va vijdonsizlarcha» munosabatda bo‘lgani oqibatida madaniy meros obektlariga 3,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Jumladan, xususiy korxona tomonidan «Yangiariq» mahallasidagi VII asrga oid «Jartepa» arxeologik yodgorligi hududida g‘isht ishlab chiqarilgan. Yetkazilgan zarar miqdori - 1,8 mlrd so‘m.
Ba’zi fuqarolar «Katta Sovur» mahallasidagi VI-VIII asrlarga oid «Qorovultepa» arxeologik yodgorligi tuproqlarini olib, molxona qurgan. Yetkazilgan zarar miqdori – 693 mln so‘m.
Shuningdek, «Sovurtepa» mahallasidagi I-V asrlarga oid «Sovurtepa 2» arxeologik yodgorligi tuproqlari olinib, molxona, hojatxona qurilgan. Yetkazilgan zarar miqdori – 670 mln so‘m.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
12:22 / 22.01.2026
Urgutdagi bino buzilishiga Madaniy meros boshqarmasi va hokimlik izoh berdi
20:00 / 10.01.2026
Quvadagi qazishmalar chog‘ida miloddan oldingi davrga oid devor topildi
13:00 / 11.12.2025