Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
Shavkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Ma’lum qilinishicha, Azizxon Shavkatov yangi lavozimda poytaxtda turizm salohiyatini oshirish, madaniyat va madaniy meros obektlarini asrash hamda ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul bo‘ladi.
A.Shavkatov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan bo‘lib, faoliyati davomida turli mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.
Tayinlovga qadar u Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu vazifada u shaharda investitsiya muhitini yaxshilash, sanoat va savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarni ilgari surish bilan bog‘liq jarayonlarda ishtirok etgan.
Mazkur tayinlov poytaxtda turizm va madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish, madaniy meros obektlarini asrash va ulardan samarali foydalanish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
18:28 / 11.06.2026