O‘zbekiston | 09:33 / 25.08.2023
8451
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari nam va salqin havo oqimlari kirib keladi

Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol esadi. Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini yuz berishi mumkin.

Foto: Kun.uz

26-28 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Respublika hududi bo‘yicha 26-27 avgustda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

27-28 avgust kunlari kunduzi havo harorati +23...+28 darajagacha pasayadi.

26 avgustda respublika shimolida va cho‘l hududlarda, 27-28 avgustda qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Shu sababli, tog‘oldi va tog‘li hududlarda 27-29 avgust kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid