Joriy haftada iyun uçun nisbatan salqin ob-havo hukm suradi. Kunduzi havo harorati +32...+37° atrofida bölib, keçalari va tonggi soatlarda yoqimli salqinlik saqlanadi. Dam oliş kunlarida esa qisqa muddatli jazirama kuzatilişi mumkin. Iyunning uçinçi haftasidan boşlab mamlakatning köplab hududlarida namgarçilik oşişi kutilmoqda.

Hafta davomida kutilayotgan ob-havo prognozlarini iqlimşunos Erkin Abdulahatov bilan jonli efirda tahlil qilamiz.

Hafta davomida atmosfera jarayonlari Özbekiston hududida nisbatan barqaror bölib qoladi. Asosiy yoğingarçiliklar toğli hududlarda saqlanişi kutilmoqda. Seşanba kundan boşlab esa Farğona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli jala yoğinlar kuzatilişi mumkin.

Havo harorati iş kunlari davomida mavsumiy me’yor atrofida bölib, aholi uçun nisbatan qulay şaroit yaratadi. Faqat hafta oxirida mintaqaga issiq havo oqimi kirib kelişi natijasida qisqa muddatli jazirama kuzatilişi ehtimoldan xoli emas.

Örta muddatli prognozlar esa iyunning uçinçi haftasi mamlakatning katta qismida namgarçilikning kuçayişiga işora qilmoqda. Ayrim hududlarda jala yoğinlar va momaqaldiroqli jarayonlar takrorlanişi mumkin.

Qişloq xöjaligi uçun e’tiborlisi – kelayotgan ön kunlik davomida şamolli kunlarning tez-tez takrorlanişi kutilmoqda. Bu ayniqsa suğoriş, kimyoviy işlov beriş va ayrim agrotexnik tadbirlarni rejalaştirişda hisobga olinişi lozim.

Ayni paytda Jahon meteorologik taşkiloti tomonidan e’lon qilingan yozgi mavsumiy prognozlarda ham Markaziy Osiyo hududi uçun yoğin miqdori asosan iqlimiy me’yorga yaqin bölişi, ayrim joylarda esa me’yordan yuqori körsatkiçlar qayd etilişi mumkinligi ta’kidlangan. Bu esa joriy yozning ayrim davrlarida namlik zaxiralari nisbatan yaxşiroq şakllanişi mumkinligini körsatadi.