O‘zbekiston | 18:20 / 28.08.2023
7371
1 daqiqa o‘qiladi

O‘qituvchilarga malaka toifasini berish tizimi o‘zgaradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.

Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi. 

Ikkinchi bosqichda: ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi; bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Yil yakuniga qadar yangi tajriba o‘qituvchilarning bilim darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda sinovdan o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid