Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limidagi masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilyapti.
O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi. Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Bunda muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya (e’tiroz) yuboriladi.
Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo‘ladi. Past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.
Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026