Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Starlink’ning orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlari soni 5000 dan oshdi
SpaceX yana 22 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Shu tariqa, orbitada ushbu internet-sun’iy yo‘ldoshlarning umumiy soni 5000 dan oshdi.
Amerikaning SpaceX kompaniyasi Starlink internet-sun’iy yo‘ldoshlarning navbatdagi partiyasini past Yer orbitasiga olib chiqdi. Bu haqda kompaniya 27 avgust, yakshanbaga o‘tar kechasi ma’lum qildi.
Bortida 22 ta Starlink mini-sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Falcon 9 raketa tashuvchisi Florida shtatida joylashgan Kanaveral burnidagi AQSh kosmik kuchlari bazasi 40-uzatish majmuasidan uchirildi.
Raketa tashuvchining bosqichlari ajratilgandan so‘ng, birinchi qayta foydalanish mumkin bo‘lgan qism Atlantika okeanidagi Just Read the Instructions dengiz dron-platformasiga boshqariladigan vertikal qo‘nishni amalga oshirdi. Shu tariqa, undan uchinchi marta foydalanildi.
Space.com ixtisoslashgan onlayn nashri joriy missiyani SpaceX uchun muhim voqea deb atadi, chunki sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishini kuzatuvchi Garvard-Smitson astrofizika markazi xodimi Jonatan Makdauellning hisob-kitoblariga ko‘ra, Starlink’ning orbitaga olib chiqilgan sun’iy yo‘ldoshlari umumiy soni 5000 dan oshdi.