Jahon | 16:09 / 29.08.2023
17010
7 daqiqa o‘qiladi

Poltavaga berilgan zarba va Mariupoldagi muzey vayronalari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 551-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vazirligi Zaporijjya oblastidagi Rabotine qishlog‘i ozod etilganini tasdiqladi. Bu yerda Rossiya armiyasining Orixiv yo‘nalishidagi asosiy istehkomlaridan biri barpo etilgandi.
  • Rossiya qo‘shini Poltava oblastining Gogolevo qishlog‘iga zarba yo‘lladi. Uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi yaralangan, yana bir kishi bedarak yo‘qolgan.
  • RF FXX AQShning Vladivostokdagi bosh konsulxonasining sobiq xodimi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Uni «maxsus harbiy amaliyot va safarbarlik to‘g‘risida» ma’lumotlar yig‘ishda gumonlashmoqda.
  • Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarida uy bekalari, seriyali nomzodlar (ya’ni avval boshqa joylarda nomzodini qo‘ygan, ammo hech qayerda deputat lavozimini egallamaganlar) va urush ishtirokchilari deputatlikka nomzodlar sifatida ko‘rsatilmoqda, deya xabar bergan «Vajniye istorii» va Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi.

Poltavadagi vayron bo‘lgan zavod

Poltava oblasti Gogolevo qishlog‘idagi o‘simlik moyi ishlab chiqariladigan zavoddagi qutqaruvchi va o‘t o‘chiruvchilar, zavod 28 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutildi. Ukraina IIVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, uch kishi halok bo‘lib, besh kishi jabrlangan, bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermakning Telegram-kanali / Reuters

Front bo‘yidagi Avdiyivka shahri hayoti — u okkupatsiya ostidagi Donetskka yo‘ldosh shaharlardan biri

«Oq farishtalar» maxsus bo‘linmasi vakillari bo‘lgan politsiyachilar Volodimir va Dmitro Avdiyivkada yashovchi kishilardan biri bilan o‘z joniga qasd qilgan keksa yoshli kishi jasadini olib ketishmoqda. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, bu Avdiyivkada so‘nggi ikki hafta ichida ikkinchi shu kabi holat bo‘ldi. «Oq farishtalar» — harbiy harakatlar hududidagi tinch aholi vakillariga insonparvarlik yordamlari yetkazib berish, bu hududlardan tinch aholi vakillari, shuningdek halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi politsiyachilar ekipaji hisoblanadi.
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Avdiyivkadagi turar joy binolaridan biri devorida shikastlangan freska. U bu yerda 2001 yilda «Murallar alleyasi» loyihasi doirasida paydo bo‘lgan — o‘shanda ukrain rassomlari bir qancha ko‘p qavatli binolar fasadlarida o‘z ishlarini qoldirishgan.
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Avdiyivkada yashovchi 77 yoshli Viktor Vorvorkin mahalliy aholi «yengilmas punkt» tashkil etgan uyda. Uy devorida bu punktda muhayyo qilingan sharoitlar keltirib o‘tilgan, masalan, dush, kir yuvish mashinasi va internet. Front chizig‘i yaqinligi va 2022 yil bahorida evakuatsiya e’lon qilinganiga qaramay, shaharda 1600 nafar atrofida mahalliy aholi vakillari qolgan, ularga ko‘ngillilar va mahalliy ma’muriyat yordam berib kelmoqda. Bir necha do‘kon ishlashda davom etmoqda. Urushga qadar Avdiyivkada 25 ming kishi yashagan.
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Avdiyivkalik kishi «yengilmas punkt»da
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Avdiyivkada vayron bo‘lgan uylardan biri. Devorlar qulashi oqibatida kvartiralardagi xonalar ochilib qolgan
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Turar joy binolaridan birining devorida «Avdiyivka — bu Ukraina» yozuvi
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Mariupoldagi o‘lkashunoslik muzeyi vayronalari

Mariupol o‘lkashunoslik muzeyining otishmalar vaqtida shikastlangan fasadi. Muzey 1920 yilda ochilgan, uning kolleksiyasida Azov sohilining turli davrlarga mansub bo‘lgan ellik uch mingdan ortiq artefakt mavjud edi. Eksponatlar to‘rtta bo‘limda namoyish etilgan: «Tabiat», «Sovetlar davrigacha bo‘lgan tarix», «Sovet tarixi» va «Bugungi kun»
Alexandr Suhov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Keng ko‘lamli bosqin va Mariupol uchun janglar boshlangach, muzey binosi jiddiy shikastlanadi. Ukrain nashrlari yozishicha, ekspozitsiyalarning bir qismi yonib ketgan, ko‘plab eksponatlar rossiyalik harbiylar va Kreml tomonidan tayinlangan ma’muriyat vakillari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan
Alexandr Suhov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Rossiyaning «Taganrogskaya pravda» nashri yozishicha, yo‘qolgan eksponatlar orasida — Yekaterina II Azov dengizi sohiliga ko‘chib kelgan greklar uchun bergan yorliq, XVIII asrda yashagan, avvaliga Konstantinopol yepiskopi, keyin Rus pravoslav cherkovi yepiskopi bo‘lgan, 2017 yilda cherkov tomonidan muqaddas deb e’lon qilinib, avliyolar qatoriga qo‘shilgan mitropolit Ignatiyning kreslosi ham bor.
Alexandr Suhov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA
Muzey direktori Raisa Bojko «Taganrogskaya pravda» nashriga aytib berishicha, shaharda janglar boshlanganidan keyin Mariupoldagi muzeylar uzoq vaqt «qo‘riqchisiz qolgan» (uning o‘zi okkupatsiya ostidagi shaharga 2022 yil iyunida qaytib kelgan): «Bu yerga bemalol kirib, biror narsani olib chiqib ketish mumkin edi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Ivan Ayvazovskiy, Arxip Kuinjining ishlari va umumiy qiymati bir yarim million dollarga baholanadigan boshqa tarixiy artefaktlar omon qolgan. Omon qolgan eksponatlarni muzey xodimlari yangi binoga olib o‘tishgan, ayni vaqtda Rossiya tarix jamiyati vayron bo‘lgan korpusni qayta tiklash ishlarini olib bormoqda.
Alexandr Suhov / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

 Moskvada Prigojinni xotirlash uchun o‘rnatilgan stixiyali memorial

Moskva markazidagi Varvarka ko‘chasida Yevgeniy Prigojin uchun o‘rnatilgan yodgorlik. «Vagner» XHK asoschisiga tegishli samolyot 23 avgust kuni kechqurun Tver oblastida qulab tushgandi. Halokat sababi hozircha rasman aniq emas. 27 avgust kuni RF tergov qo‘mitasi Prigojin halok bo‘lganini tasdiqladi. 28 avgust kuni Peterburgdagi Serafimov qabristoniga kirishda metall izlovchi qurilmalar o‘rnatildi — bu Prigojin va aviahalokatda halok bo‘lgan boshqa vagnerchilarni shu yerga dafn etish rejalashtirilayotganidan darak berishi mumkin.
Maksim Shipenkov / EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid