Molekulyar-genetik ekspertiza natijalari Tver oblastidagi aviahalokatda halok bölganlarning şaxsi parvoz varaqasidagi röyxatga mos kelişini körsatdi, deb xabar berdi RF Tergov qömitasi. Şunday qilib, idora «Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin va uning komandiri Dmitriy Utkinning ölimini rasman tasdiqladi.
Ekspertiza natijalari samolyot bortida bölgan ön kişining şaxsini tasdiqlagan. Rosaviatsiya röyxatiga köra, samolyotda yetti yölovçi va ekipaj a’zolari bölgan.
Yölovçilar sifatida Sergey Propustin, Yevgeniy Makaryan, Aleksandr Totmin, Valeriy Çekalov, Dmitriy Utkin, Nikolay Matuseyev va Yevgeniy Prigojin nomlari keltirilgan. Ekipaj a’zolari bort komandiri Aleksey Levşin, ikkinçi pilot Rustam Karimov va bort kuzatuvçisi Kristina Raspopovadan iborat edi.
Bunga qadar Yevgeniy Prigojin va Dmitriy Utkinning qiyofadoşlar va soxta pasportlarga egaligi fakti ularning ölimiga gumon paydo qilgandi.
23 avgust kuni Moskvadan Peterburgga parvoz qilgan Embraer Legacy 600 biznes-jyeti Tver oblasti ustida halokatga uçragandi. Samolyot havodayoq parçalanib ketgan - videoyozuvlarda parçalarning pastga qulaşi aks etgan. Yerga tuşgan dum qismi elementlari fyuzelajdan 2,5 km masofada topilgan.
RF Tergov qömitasi harakat xavfsizligi va havo transportidan foydalaniş qoidalarini buziş (RF JK 263-modda) böyiça jinoiy iş qözğatgan. Tergov qömitasi istalgan aviahalokatdan keyin şu modda böyiça iş oçadi.
Samolyot halokati yuzasidan izoh berarkan, RF prezidenti Vladimir Putin Prigojinni 1990-yillardan buyon taniganini aytib ötdi. «Bu murakkab taqdirli inson edi, hayotda jiddiy xatolari ham böldi va kerakli natijalarga ham erişdi — özi uçun ham va men bu haqda söraganimda, sönggi oylardagi kabi umumiy iş uçun ham. U iste’dodli inson, iste’dodli biznesmen edi», — degandi u.
Aviahalokat Prigojinning isyonidan ikki oy ötib röy berdi. 24 iyun kuni «Vagner» XHK jangçilari Rostov-na-Donda Janubiy harbiy okrug ştabini egallagan, Prigojinning özi esa Rossiya harbiy rahbariyatiga qarşi marş qilib «Moskvaga borişi»ni ma’lum qilgandi. Isyon oxiriga yetmay qoldi: Kreml va Prigojin Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko vositaçiligida kelişuvga erişilganini e’lon qildi.
Iyul oyi oxirida Prigojinga aloqador manbalar biznesmenni «Rossiya-Afrika» sammitida uçratişgani haqida xabar bergandi. Bu esa Prigojin uşbu mintaqadagi faolligini tiklaş niyatidan dalolat berardi.









