O‘zbekiston | 16:31 / 29.08.2023
8733
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo‘lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshishi holatlarining oldini olish maqsadida ayni kunlarda kollektor-drenaj tizimi quvurlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.

30 avgustdan 4 sentabrga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Beshqayrag‘och ko‘chasi bilan kesishmasi pastki tomonidan Istirohat ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘ida joylashgan kollektor quvurlarini ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi (yo‘lning bir tomoni) besh kunga yopiladi.

Hokimlik haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid