Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qiymati 130 mln dollarlik mobil telefon import qilgan
O‘zbekiston eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Foto: iStock
O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 130 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,9 mln dona barcha turdagi mobil telefonlar import qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, mobil telefonlar importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 365 880 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023 yilning 7 oyida eng ko‘p mobil telefon import qilgan davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1,7 mln dona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Vetnam – 189,2 ming dona;
- Hindiston – 14,3 ming dona;
- Qozog‘iston – 2,4 ming dona;
- BAA – 1,9 ming dona.
Mavzuga oid
08:38 / 21.02.2026
Tramp barcha importga yangi bojlar joriy etilishini e’lon qildi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
18:04 / 12.02.2026