Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda urologiya xizmati transformatsiyasi davom ettiriladi
2024–2025 yillarda urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallari moddiy-texnik bazasi kelgusi 2 yilda mustahkamlanadi. Bu orqali markazga murojaatlar sonini 30 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Hududiy filiallarda bajariluvchi jarrohlik amaliyotlari turlari 115taga yetkaziladi. Shuningdek, yuqori texnologik hisoblangan teri orqali, transuretral va laparoskopik amaliyotlarni bajarish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, yuqori texnologik amaliyotlar turi markazga nisbatan 55tagacha oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi prezident qarori asosida qayta tashkil etilgandi. Davlat rahbarining 2020 yil 6 noyabrdagi maxsus topshirig‘i asosida markazning hududlardagi filiallari tashkil qilindi.
Prezidentning 2017–2022 yillar davomida imzolagan qator qarorlari asosida, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
— Markazda 14,2 mlrd mablag‘ hisobiga 250 ta bemor qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan poliklinika qurilib foydalanishga topshirildi.
— Markazning moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida, Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 30,3 mlrd so‘m yo‘naltirilishi hisobiga, 17 turdagi 29 ta zamonaviy asbob-uskunlar bilan ta’minlanib, 15 turdagi dianostik, 24 turdagi davolash usullar yo‘lga qo‘yildi.
— Markazining Termiz filialiga 4,5 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, rekonstruksiya qilindi hamda 8 turdagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga 497 mln. so‘m yo‘naltirilib 4 turdagi, Buxoro filialida 1.141.000 AQSh dollari hisobiga 23 turdagi, Namangan filialida 2,2 mlrd So‘m hisobiga 5 turdagi, Qashqadaryo filialiga 150 mln. so‘m yo‘naltirilib 3 turdagi zamonaviy asbob-uskunlar bilan ta’minlandi. Samarqand filialiga ham 1,1 mlrd. so‘m yo‘naltirildi.
— Markaz va filiallarida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2017-2022 yillar davomida jahonning yetakchi klinikalari bilan 17 ta memorandum imzolanib, markazdan 42 nafar, hududiy filiallardan 36 nafar mutaxassis malaka oshirgan bo‘lsa, markazning o‘zida hududlardan kelgan 200 nafarga yaqin mutaxassislar yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini bajarish bo‘yicha tayyorlandi.
Mavzuga oid
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
12:52 / 08.11.2025
Xususiy tibbiyotning ulushi mamlakatda 30 foizga yetdi
18:55 / 04.11.2025
Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladigan kasalliklar ro‘yxati tuzildi
18:21 / 30.10.2025