Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh elchisi bilan uchrashdi
Suhbatda O‘zbekiston-AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga bo‘lajak tashrifi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 31 avgust kuni Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh hamkorligiga oid dolzarb masalalar, o‘zaro munosabatlarni yana kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, joriy yilning sentabr oyida O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga bo‘lajak tashrifi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Jonatan Xenik AQSh O‘zbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiq ekanini tasdiqladi.
«Amerika tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi turli sohalarda aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini bildirib, AQSh mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga sodiqligini tasdiqladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidentiga maktub yo‘llab, Shavkat Mirziyoyevni Nyu-Yorkdagi BMT bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va AQSh davlat rahbarlarining (CA5+1) sammitiga taklif qilgan edi.
Maktubda Jo Bayden AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, o‘tgan davrlarda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti o‘z maktubida Saida Mirziyoyevani ham tilga olib, uning gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlagan edi.
«Qolaversa, shu yil boshida qizingiz Saidani Oq uyda kutib olish sharafiga muyassar bo‘ldik. Uning himoyasi va sizning gender asosidagi zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortishdagi jasoratingiz tahsinga sazovor», deyilgan maktubda.
Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida AQShga birinchi tashrifini 2018 yil may oyida amalga oshirgan va Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Markaziy Osiyo va AQSh davlat rahbarlarining (CA5+1) sammiti 19-20 sentabr kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025
Mask Trampni obro‘sizlantiruvchi postini o‘chirib tashladi

16:03 / 07.06.2025