Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston va Ozarboyjon bir-birini o‘z hududlarini o‘qqa tutishda aybladi
Armaniston va Ozarboyjon bir-birini o‘z hududlarini o‘qqa tutishda ayblab chiqdi. Yerevan chegaradagi to‘qnashuvda ikki arman harbiysi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Armaniston va Ozarboyjon bir-birini hududlarini o‘qqa tutganlikda aybladi. Armaniston Mudofaa vazirligi 1 sentabr, juma kuni ertalab Ozarboyjondan o‘qqa tutilishi natijasida bir kun avval ikki arman harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
«Ozarboyjon Qurolli kuchlari tomonidan Armanistonning Sotka uchastkasidagi (Armaniston sharqidagi Gegarkunik viloyati) pozitsiyalari o‘qqa tutilishi natijasida Armaniston Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, bir nafari yaralandi», — deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Ozarboyjon Mudofaa vazirligi uch nafar ozarboyjonlik harbiy yaralangani haqida xabar bergan edi.
Ozarboyjon tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston uchuvchisiz uchog‘i Ozarboyjon armiyasining Kelbajar viloyati hududida joylashgan pozitsiyalariga uyushtirgan hujumi natijasida ikki nafar askar jarohatlangan. 1 sentabr kuni ertalab Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armaniston tomoni Basarkechar tumani Zod hududida joylashgan pozitsiyalaridan o‘qqa tutgani haqida xabar berdi.
AQSh Bokuni «TQR»ga yordamni o‘tkazib yuborishga chaqirdi
Ayni paytda, AQSh Ozarboyjonni isyonkor Tog‘li Qorabog‘ ozar hududiga zudlik bilan insonparvarlik yordami kirib borishiga ruxsat berishga chaqirdi, bu yerda aholisining aksariyati - armanlar. AQSh Davlat departamenti mintaqadagi humanitar vaziyat yomonlashganidan xavotir bildirdi.
«Biz Lochin yo‘lagini humanitar, tijorat va yo‘lovchi transporti uchun zudlik bilan ochishga, tinch aholi uchun muhim yuklarni tashish vositalarini kelishib olishga chaqiramiz. Asosiy humanitar yordam hech qachon siyosiy kelishmovchiliklar garoviga aylanmasligi kerak», — deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026