Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi
Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega.
Jizzax viloyatida Zomin aeroporti foydalanishga topshirildi.
Aeroport 30 o‘ringa mo‘ljallangan yo‘lovchi terminaliga ega bo‘lib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan. Obektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.
Hozirda aeroport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyasi, uchish-qo‘nish, harakatlanish yo‘laklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qo‘nishni ta’minlash bo‘yicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning oktyabr oyidan boshlab Zominning Dashtobod shaharchasi temiryo‘l bekatiga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi to‘xtashi tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:12 / 12.05.2026
Osiyoda yangi megaaeroport quriladi
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
09:03 / 15.04.2026