Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekiston-Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkazildi
Muzokaralarda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirliklar o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin boshchilik qildi.
Muzokaralarda bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlarga tayyorgarlikning borishi, eng avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-humanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi tashabbus va takliflarni ishlab chiqish uchun Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025