Paxta terimi uchun yangi narxlar hali tasdiqlanmagani ma’lum qilindi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari e’lon qilindi” sarlavhali xabarni rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, paxta terimiga narx belgilash masalasi ayni kunlarda vazirliklararo kelishuv jarayonida.
Qayd etilishicha, paxta terimi uchun to‘lov narxlari har yili mavsum boshlanishidan avval, muayyan bir muddatda belgilanadi va hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Terimning har bir turi uchun alohida summa belgilanadi, so‘ng barcha OAV orqali e’lon qilinadi.
“Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, – deyiladi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotida.
Mavzuga oid
07:35 / 20.12.2024
Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
14:06 / 12.12.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 16 foizga oshdi
15:43 / 05.12.2024
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida XMI ishtirokida 2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
15:09 / 03.12.2024