Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sochida Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi uchrashuv boshlandi
Rossiyaning Sochi shahrida Turkiya prezidenti Rajab-Toyyib Erdo‘g‘an hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv boshlandi.
Foto: AFP
Uchrashuvning OAV uchun ochiq qismida Putin o‘tgan yili ikki tomonlama tovar aylanmasi 86 foizga oshgani, prezidentlarning o‘zaro muloqotida Turkiya yaqin orada tashkil qilib bo‘ladigan gaz habi haqida so‘z borishini aytdi.
Uchrashuvda Ukrainadagi urush masalasi muhokama qilinishi ham ko‘zda tutilgan. Putin bu haqda gapirar ekan «Ukraina inqiroziga ham to‘xtalib o‘tilishi»ni ta’kidladi.
Turkiya va Rossiya prezidentlarining o‘zaro uchrashuvi avvaliga Istanbulda o‘tishi ko‘zda tutilgan, bu haqda Putin bilan telefon suhbatidan keyin shaxsan Erdo‘g‘an aytgandi. Ammo keyinchalik uchrashuv Rossiyada o‘tkazilishi belgilandi.
Turk nashrlarining yozishicha, Sochidagi uchrashuvlarda g‘alla kelishuvi asosiy mavzu bo‘lmaydi. Milliyet'ga ko‘ra, bu muloqotda Erdo‘g‘an Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda har qanday ko‘rinishda vositachilik qilishga tayyorligini aytishi kutilmoqda. Shuningdek, Erdo‘g‘an iyul oyidagi Zelenskiy bilan uchrashuvda va’da qilganidek Kiyev va Moskva o‘rtasidagi navbatdagi asirlar almashinuvi masalasini ko‘tarishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026
Babish: Yevropa Ukraina bo‘yicha Putin bilan muzokara olib borishi kerak
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
08:51 / 30.01.2026