Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istondan Tojikiston va O‘zbekistonning 30 nafar fuqarosi chiqarib yuborildi
Foto: orda.kz
Olmaotada tezkor-profilaktika tadbiri davomida noqonuniy muhojirlar aniqlangan.
Tojikiston va O‘zbekistonning 30 nafar fuqarosi Olmaota politsiyasi tomonidan mamlakatdan chiqarib yuborildi, deb yozadi Orda.kz nashri Polisia.kz’ga tayanib.
Migratsiya xizmatidan aniqlik kiritilishicha, «Uchastok» tezkor-profilaktika tadbiri davomida noqonuniy muhojirlar aniqlangan.
«Megapolisdagi 18 kunlik ish davomida jami 2380 nafar qoidabuzar aniqlandi, ulardan 813 nafari xorijliklar. Ular Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan 387 nafar xorijlik fuqaro politsiya departamenti vaqtincha saqlash muassasasiga yuborildi. Shu bilan birga, Qozog‘istonda xorijliklarning bo‘lishi tartibiga rioya qilmagan 349 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi», - dedi Olmaota politsiya departamenti migratsiya xizmati boshqarmasi boshlig‘i Asxat Butunchinov.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari tomonidan 30 nafar huquqbuzarni davlat chegarasigacha olib o‘tish ishlari tashkil etildi. Ushbu maqsadlar uchun ko‘p o‘rinli avtobus berilgan. Xorijliklar «Jibek Joli» nazorat-o‘tkazish punktida davlat chegarasigacha kuzatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
09:15 / 17.04.2026
Qozog‘iston endi qozoq tilini yaxshi bilmaydiganlarga doimiy yashash guvohnomasini bermaydi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
22:31 / 13.04.2026