O‘zbekiston | 07:42 / 05.09.2023
2839
2 daqiqa o‘qiladi

Stokholm va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ochiladi

O‘zbekiston va Shvetsiya havo qatnovlarini o‘rnatishning tashkiliy masalalarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Foto: Kuvituskuva: John McArthur/Unsplash

Finlandiyaning EastCham-Finland savdo palatasining axborot portalida «O‘zbekiston va Shvetsiya Stokholm va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘g‘risida kelishib oldi» sarlavhasi ostida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Stokgolmdagi elchixonasi Shvetsiyaning Swedavia aeroportini boshqarish kompaniyasi va Aviareps xalqaro sayyohlik konsalting kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari joy oldi. Muhokamalar yakunida ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida havo qatnovlarini o‘rnatishning tashkiliy masalalarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

«2018 yildan boshlab xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistonga parvozlari soni ikki barobarga oshdi. Ayni paytda xorijiy aviakompaniyalar mamlakatga xalqaro reyslarning 49 foizini tashkil etmoqda. O‘zbekiston 2022 yilning avgust oyida Stokholmda elchixona ochdi», deb yozadi EastCham-Finland.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid