Jamiyat | 08:01 / 05.09.2023
12990
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning ayrim hududlarida 5 sentabr kuni elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Foto: Getty images

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 5 sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani: “Avloniy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;
Olmazor tumani: “Xoncharbog‘”, “Namuna” va “Qorasaroy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 08:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid