Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi kuchli yomg‘ir oqibatida o‘zbekistonliklar jabrlanmadi - Bosh konsulxona
Shaharda yuz bergan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor.
5 sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli yomg‘ir suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Mahalliy matbuotning yozishicha, tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlar, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
«Diplomatlar vaziyatni nazoratga olgan. Istanbul hokimligi va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, jabrlanganlar orasida vatandoshlarimiz borligi haqida ma’lumot yo‘q», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026