Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston «pasport mafiyasi» bartaraf etilganini e’lon qildi
Endi mamlakat pasportlarni o‘z hududida chop etadi.
Qirg‘iziston o‘z tarixida birinchi marta milliy pasportlarini chop eta boshladi. Shu maqsadda «Uchqun» davlat bosmaxonasiga zamonaviy uskunalar o‘rnatildi. Bu haqda 5 sentabr kuni mamlakat prezidenti matbuot kotibi Erbol Sultonboyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avval Qirg‘iziston pasporti xorijda chop etilgan, bu esa har xil qing‘irliklarga yo‘l ochgan.
«Bu vijdonsiz amaldorlar va hatto jinoiy dunyo yetakchilari boyishining bir usuli edi. Ba’zida chet elda Qirg‘izistonning qalbaki pasportlari tarqalgan va ularning ishlab chiqarilgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmagan», dedi Sultonboyev.
Uning ta’kidlashicha, «mamlakat rasmiylari «pasport mafiyasi»ni bir yil ichida bartaraf qildi va bunga amaldagi prezident Sadir Japarov say’-harakatlari bilan erishildi».
Sultonboyev so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston har yili o‘rtacha hisobda chet eldan bir yarim milliongacha ID-karta va fuqarolik pasportiga buyurtma bergan.
«Himoya bo‘yicha bizning pasportlarimiz dunyoning eng ilg‘or o‘nta davlati bilan teng bo‘ladi. Shu bois Qirg‘iziston pasportlarini avvalgi darajada soxtalashtirish imkoni bo‘lmaydi», dedi Sultonboyev.
Qirg‘iziston 2024 yildan milliy valutasini ham o‘z hududida chop etishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026