Jahon | 11:39 / 07.09.2023
6196
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaryadlar yetkazib berishini e’lon qildi

Qayd etilishicha, ushbu yordam paketining umumiy qiymati 175 million dollarni tashkil etadi.

Foto: Getty Images / Narciso Contreras / Anadolu Agency

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaryadlar yetkazib berishini e’lon qildi.

«Mudofaa vazirligi Ukrainaning muhim xavfsizlik va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘shimcha xavfsizlik yordamini e’lon qildi», — deyiladi Pentagon bayonotida. 

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 175 million dollarlik paket havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun jihozlari, HIMARS raketa tizimlari uchun qo‘shimcha o‘q-dorilar, 155 mm va 105 mm artilleriya o‘q-dorilari, 81 mm minomyot tizimlari va o‘q-dorilar, Abrams tanklari uchun kam boyitilgan uranli 120 mm snaryadlar; TOW og‘ir tankka qarshi boshqariladigan raketalar, shuningdek Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlar, 3 milliondan ortiq o‘qotar qurol uchun patronlar, taktik aeronavigatsiya tizimlari, xavfsiz aloqa tizimlari va yordamchi uskunalar, to‘siqlarni, ehtiyot qismlarni va boshqa dala jihozlarini yo‘q qilish uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi. 

Pentagonning aniqlik kiritishicha, bu AQShning 46-yordam paketi. 

2023 yil mart oyida Pentagon Qo‘shma Shtatlar Britaniyadan o‘rnak olib, Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaryadlar yetkazib berishni rejalashtirmaganini bildirgandi. 

Ammo iyun oyida AQSh Kiyevga berayotgan Abrams tanklarini qanday jihozlash bo‘yicha bir necha haftalik ichki munozaralardan so‘ng, Oq uy Ukrainani kam boyitilgan uranli snaryadlar bilan ta’minlashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid