Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Samarqand Rossiyaning ikkita shahri bilan havo yo‘li orqali bog‘lanadi.
Rossiyaning «Pobeda» aviakompaniyasi O‘zbekistonga yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi.
«O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan 2023 yil 6 sentabr kuni «Pobeda» aviakompaniyasiga Yekaterinburg–Samarqand–Yekaterinburg va Novosibirsk–Samarqand–Novosibirsk yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
2023 yil mart oyida «Pobeda» aviakompaniyasi Moskva–Samarqand–Moskva yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi. Parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshirilmoqda.
«Pobeda» - Rossiyaning loukoster (arzon narxli) aviakompaniyasi bo‘lib, «Aeroflot-Rossiya» tarkibiga kiradi. Qarorgohi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026