Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya birinchi marta Oyga qo‘nadigan modulini uchirdi
Tanegasima kosmodromidan uchirilgan SLIM moduli bir necha oy ichida Oy yuzasiga qo‘na oladi. Missiya doirasida Yaponiya Oy mantiyasining tog‘ jinslarini o‘rganish niyatida.
Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA) tomonidan ishlab chiqilgan birinchi SLIM Oyga qo‘nish apparati koinotga uchirildi. Raketa-tashuvchi Kagosima prefekturasi janubidagi Tanegasima kosmik markazidan 7 sentabr, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:42 da (Toshkent vaqti bilan 04:42) uchdi. Uchirish ob-havo sharoiti tufayli bir necha bor qoldirilgandi.
Modulning Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga qo‘nishi uchirilgan paytdan boshlab 4-6 oy ichida kutilmoqda. Missiya doirasida zond kaft o‘lchamidagi vezdexod (har qanday yo‘lda yoki yo‘lsiz joylarda ham yura oladigan texnika) va multispektral kamera yordamida hozirgacha kam o‘rganilgan Oy mantiyasining tarkibini tahlil qiladi.
Qurilmani ishlab chiqishda qo‘llanadigan texnologiyalar ma’lum bir joyga 100 metrdan ortiq bo‘lmagan xato bilan qo‘nish imkonini beradi. AFP agentligining qayd etishicha, Oyga avvalgi qo‘nishlarda bu ko‘rsatkich bir necha kilometrga yetgan. «Insoniyat nafaqat oson bo‘lgan joyga, balki endi o‘zi xohlagan joyga qo‘na oladi», deya ma’lum qildi JAXA parvozdan oldin.
Hindiston apparatining Oyga muvaffaqiyatli qo‘nishi
Ikki hafta oldin Hindiston kosmik kemasi «Chandrayan-3» missiyasi doirasida Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Hindiston Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzasiga kosmik kemani qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylandi. Ilgari Sovet Ittifoqi, AQSh va Xitoy bunga erishgan. Ayni vaqtda Rossiyaning «Luna-25» stansiyasi avgust oyi oxirida Oyga qo‘nmoqchi bo‘lgan vaqtda halokatga uchragan edi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026