Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Rossiyadagi elchixonasi Vladimir Kara-Murzani ozod qilishga chaqirdi
Vladimir Kara-Murza Rossiyada RF Qurolli kuchlari haqidagi «feyklar», davlatga xiyonat va «nomaqbul» tashkilot faoliyatida ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Vashington uning ishini siyosiy motivga ega deb atadi.
AQShning Rossiyadagi elchixonasi 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan rossiyalik muxolifatchi siyosatchi va publitsist Vladimir Kara-Murza hamda Rossiyadagi 600 dan ortiq siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi. Diplomatik idora 7 sentabr, payshanba kuni ma’lum qilishicha, Kara-Murza «qamoqxonada va uning noqonuniy hukmi ustidan berilgan shikoyat rad etilganidan so‘ng xavfli tarzda koloniyaga olib ketilayotganda ikkinchi tug‘ilgan kunini nishonlamoqda».
AQShning Moskvadagi elchixonasi rossiyalik «qamoqda bo‘lmasligi kerak» deya ma’lum qildi. Muxolifatchi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va Rossiya ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan inson huquqlaridan foydalanib, «shunchaki o‘z hukumati siyosatiga rozi bo‘lmagan va o‘z fikrini omma oldida bildirgan», deb ta’kidladi diplomatik missiya.
Vashington Kara-Murzaga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni qoralab, uni siyosiy sabablar bilan izohladi. Bundan tashqari, AQSh «Rossiya hukumatining mamlakat taraqqiyoti yo‘nalishini tanlashda ovozi hisobga olinishini istaganlarga qarshi repressiya kampaniyasini kuchaytirayotganini qoralaydi», deyiladi elchixona xabarida.
Hukm ustidan shikoyat qilingan, biroq u o‘zgarishsiz qolgan
Vladimir Kara-Murza 2022 yil bahorida hibsga olingan, 2023 yil aprelida esa 25 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan. Moskva shahar sudi siyosatchini davlatga xiyonat qilish, Rossiya armiyasiga tuhmat va «nomaqbul» tashkilot bilan hamkorlikda aybdor deb topdi. Muxolifatchining himoyasi hukm ustidan shikoyat qilgan, biroq 31 iyul kuni birinchi apellyatsiya sudi Moskva shahar sudi qarorini o‘z kuchida qoldirgan. Sentyabr oyi boshida Kara-Murza tergov izolyatoridan olib chiqib ketilgani ma’lum bo‘ldi.
Vladimir Kara-Murza - taniqli rossiyalik jurnalist Vladimir Kara-Murzaning o‘g‘li, 2012 yilda u Qo‘shma Shtatlarda «Magnitskiy ro‘yxati» deb atalmish ro‘yxatni faol targ‘ib qilgan. 2015 yilning may oyida siyosatchi zaharlanish oqibatida vafot etishiga sal qoldi. 2017 yilda yana shu kabi belgilar bilan vaqtincha kasalxonaga yotqizilgan. 2022 yilda Kara-Murza inson huquqlari bo‘yicha Vatslav Havel mukofoti va Axel Springer Stiftung Germaniya jamg‘armasining «Jasorat» mukofoti bilan taqdirlangan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025