O‘zbekiston | 10:08 / 09.09.2023
16787
2 daqiqa o‘qiladi

«E’tiqod masalasida ham, amalda ham haddimizni bilishimiz lozim» - muftiy

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin domla Xoliqnazarov diniy masalalarda «haddidan oshayotgan» insonlarga murojaat qildi.

Foto: Videodan kadr

«Ayrimlar «tillo tish qo‘ygan yoki tishlariga plomba qilgan odamlarni orqasidan namoz o‘qib bo‘lmaydi», degan gaplarni ham gapiryapti. Ulardan hujjat yoki dalil so‘rasangiz, yo‘q. 

Hajdan yoki Umradan kelgan odamlarni ortiqcha darajada ulug‘lashlik – bu ham haddidan oshish. Kilometrlab oyog‘i ostiga poyandoz solishlik, yosh bolalarni olib kelib og‘ziga tupurtirish va boshqalar – haddidan oshishlik. Bunday narsa qilinmaydi. Allohni baytidan kelgan bo‘lsa, ziyoratini qilib, duosini oladi, bundan ortig‘i yo‘q.

Hozir ota-onani hurmat qilishda ham haddidan oshishlik bor ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ryapmiz, bir odam onasining oyog‘ini yuvib, suvini ichyapti. Dinimiz bunga buyurmagan. Ota-onani hurmat qilish degani, oyog‘ini yuvib, suvini ichishlik emas, ota-onani hurmat qilish degani Ka’baning oldiga olib borib, butun dunyoga ko‘rsatib, hammaning oldida oyog‘ini o‘pish emas.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid