Konsepsiyaga köra, dinning davlatdan ajratilganligi prinsipi diniy taşkilotlar va davlat organlari özaro bir-birining faoliyatiga aralaşmasligi, davlat diniy taşkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini yuklamasligi, diniy taşkilotlarning davlat funksiyalarini amalga oşirişiga yöl qöymasligiga oid qoidalarni nazarda tutadi.
Uşbu prinsip diniy qaraşlardan qat’i nazar, konstitutsiyaviy huquqiy tizim (huquq normalari va ularni qöllaş), demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va birdamlik, inson huquqlari ğoyalariga tayanadi.
Özbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat, jumladan:
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib çiqişi, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, fuqarolarning erkinligini va qonun oldida tengligini ta’minlaş hamda konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
- köp millatli va köpkonfessiyali Özbekiston xalqining birligi va birdamligini, urf-odatlariga nisbatan hurmat ruhini mustahkamlaş, ularning rivojlanişi uçun teng şart-şaroitlar yaratiş;
- fuqarolarning ijtimoiy hayotda faol iştirok etişi uçun teng huquqiy şart-şaroitlar yaratiş;
- fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bölgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
- davlat özining içki va taşqi siyosatini amalga oşirişida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq dunyoviylikka tayaniş;
- jamiyatda diniy bağrikenglik va qonuniylikni qaror toptiriş borasida fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlaş böyiça izçil çora-tadbirlarni amalga oşiriş.

















