Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi ikkinchi qavat balkonidan tushib ketdi
Ushbu fuqaro maxsus avtomashinada kasalxonadan Istanbul aeroportiga olib borilib, Istanbul-Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan.
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi ikkinchi qavat balkonidan tushib ketdi. Istanbul shahridagi Bosh konsulxona hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik G.B.M. Istanbul shahrida o‘zi vaqtincha yashayotgan ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavati balkonidan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketgan.
Natijada, u bel umurtqa sohasi va oyog‘i qattiq shikastlanib, Istanbul shahridagi Kartal Eğitim ve Araştırma Lütfü Kırdar kasalxonasida ikkita jarrohlik amaliyotini boshidan kechirgan.
Bosh konsulxona kasalxona rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi departamenti va mahalliy diaspora vakillari bilan hamkorlikda moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan ushbu fuqaroni maxsus avtomashinada kasalxonadan Istanbul aeroportiga olib borish va Istanbul—Urganch yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali O‘zbekistonga jo‘natishni ta’minlagan.
Mavzuga oid
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
09:41 / 13.03.2026
Xoshimin - Istanbul reysi Samarqandda favqulodda qo‘ndi
20:34 / 09.03.2026