Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokashda zilzila qurbonlari soni 630 kishidan oshdi
Marokash Ichki ishlar vazirligining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila qurbonlari soni 630 kishidan oshgan. 329 nafar jarohatlangan fuqarodan 51 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir holatda.
Foto: Abdelhak Balhaki/Reuters
Yevropa Ittifoqi Marokashga kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. 9 sentabr, shanba kuni ertalab Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel X ijtimoiy tarmog‘ida: «Yevropa Ittifoqi Marokashni ushbu og‘ir damda qo‘llab-quvvatlashga tayyor», deb yozdi va uning fikri barcha jabrlanganlar, shuningdek, fojia joyida ishlayotgan qutqaruvchilar bilan birga ekanligini qo‘shimcha qildi.
Bu vaqtga kelib Marokashdagi zilzila qurbonlari soni 632 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda Reuters Marokash ichki ishlar vazirining milliy televideniyedagi chiqishiga tayanib. Tabiiy ofat oqibatida jarohatlanganlar soni 329 nafarni tashkil qildi. Marokash Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 51 kishining ahvoli o‘ta og‘ir holatda.
7,2 magnitudali zilzila
Marokash Milliy geofizika instituti ma’lum qilishicha, bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:00 lar atrofida (Toshkent vaqti bilan 9 sentabr 03:00) 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Marrakesh-Safi mintaqasida, deya ta’kidladi geofiziklar. AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 18,5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, magnitudasi esa 6,8 ballni tashkil qilgan.
Yer silkinishlari bir qancha hududlarda sezildi. Guvohlarning xabar berishicha, Marrakeshdagi turli binolar qulagan.
Zilzila mamlakat tarixida so‘nggi 100 yildagi eng kuchlisi bo‘ldi
Marokash Milliy geofizika instituti rahbari Nosir Jabur mahalliy MNA agentligiga bergan intervyusida zilzila episentri Marrakeshdan 80 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Al-Hauz hududida bo‘lganini va yer silkinishlari 400 kilometr radiusda sezilganini aytdi.
«Zilzila mamlakat tarixida so‘nggi 100 yildagi eng kuchlisi bo‘ldi», — dedi Jabur.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli silkinishdan keyin yuzlab yerosti silkinishlari sodir bo‘lgan, ulardan eng kuchlisi 6 magnitudani tashkil qilgan. Aksariyat aftershoklar sezilmagan, deydi u.
Mavzuga oid
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
11:30 / 18.03.2026
Senegaldan Afrika chempionligi qaytarib olindi va Marokashga berildi
11:31 / 19.01.2026
Finalda drama. Senegal maydonni tashlab ketdi, lekin qaytib chempionga aylandi
11:56 / 03.10.2025